Eronda qutqaruv otryadlari Turkiyaning Bombardier Challenger 600 xususiy samolyoti qulagan hududga yetib bordi. Bu haqda mamlakat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar beradi «Daryo».
Halokat joyida 11 kishi — 8 yo‘lovchi va 3 nafar ekipaj a’zosining kuygan tana qoldiqlari topildi. Ularning shaxsini aniqlash uchun DNK tahlili talab qilinishi bildirilmoqda.
Qidiruv-qutqaruv operatsiyasiga bir necha maxsus brigada, shuningdek, alpinistlar va o‘t o‘chiruvchilar jalb etildi. Samolyot bo‘laklari dengiz sathidan 400-500 metr balandlikda, deyarli qoya qirg‘og‘ida topildi.
Foto: Tasnim
Eslatib o‘tamiz, Basharan Holding’ga qarashli va Sharjadan Istanbulga yo‘l olgan xususiy samolyot 11-mart, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:20 da radarlardan g‘oyib bo‘ldi.
Shahri Kord shahri yaqinidagi tog‘li hududda qulagan va yonib ketgan havo kemasi bortida xolding egasi qizi, 28 mart kuni to‘yi bo‘lishi belgilangan Mina Basharan va uning 7 nafar dugonasi bor edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi