Konstantin Relui
Foto: «Day.az»
«Xato tufayli o‘lgan deb tan olingan Ruminiya fuqarosi sudga tirikligini isbotlay olmadi», — deb yozmoqda «Xabar» nashri «Associated Press» agentligining xabariga asoslanib.
63 yoshli Konstantin Relui (Constantin Reliu) ishi 16 mart juma kuni Ruminiyaning Vasluy shahrida ko‘rib chiqildi. Apellyatsiyani kech bergan degan vaj bilan uning shikoyati rad etildi. Sud qarori qat’iy va shikoyatga o‘rin yo‘q.
U o‘zining «o‘lganini» 26 yildan so‘ng Ruminiyaga qaytib kelganida bilgan. 1992 yildan buyon Turkiyada yashagan Konstantin Relui Ruminiyada qolgan oilasi bilan aloqani yo‘qotadi. Uning xotini erini vafot etgan deb o‘ylab, 2016 yilda uning o‘lganligi to‘g‘risida guvohnomani rasmiylashtirgan.
Ikki yil o‘tgach, turk hukumati mamlakatda muddati o‘tgan hujjatlar bilan yashayotgan Reliuni mamlakatdan chiqarib yuborgan. Ruminiyaga qaytib kelgach u o‘zining «o‘lganini» bilib qoldi. «Men tirik bo‘lsam-da, rasman o‘likman. Mening daromadim yo‘q, men hech narsa qila olmayman, chunki o‘lik hisoblanaman», — deydi u.
2016 yilda Kemerovoning markaziy tuman sudi hujjatga ko‘ra vafot etgan deb hisoblangan kishini tirik deb topgan edi. Bu anglashilmovchilik uning va Kemerovoda o‘lgan yana bir fuqaroning ismi, familiyasi, otasining ismi va tug‘ilgan yili bir xil bo‘lganligi sababli yuzaga kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi