
Portugaliyada bo‘lib o‘tgan xalqaro festivalda dunyodagi eng qimmat shokolad namoyish etildi, deb xabar berdi «Xabar.uz».
Eng qimmat shirinlikning narxi 7728 yevro miqdorida baholandi. Uni portugaliyalik konditer Daniel Gomes tayyorladi. Mahsulotni tayyorlashda shafran ipi, oq tryufel, madagaskar vanili va sirli masalliq ishlatilgan. Konfetning tashqi tarafi 23 karatli oltin bilan bezatilgan.
Nashrning yozishicha, Daniel Gomes bu shokoladni yaratish uchun bir yildan ziyod vaqt sarflagan. Dunyoning eng qimmat konfeti 1000 dona chiqarilgan, xolos.
Narxi osmon bu shirinlikka birinchi bo‘lib BAA, Angola, Argentina va Rossiyadan xaridor chiqqan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar