Xitoyning Baotou okrugidagi metro stansiyasida kuzatuv kamerasi “arvoh-poyezd”ni qayd qildi, deb yozadi Kun nashri.
Video Hidden Underbelly 2.0 yutub-kanalida joylashtirilgan. Ma’lum qilinishicha, ushbu video kanalga Xitoydan jo‘natilgan. Kanalning ta’kidlashicha, arvoh-poyezd 10 mart kuni videoda qayd qilingan va stansiya xodimlari bu videoyozuvni ko‘rishganda karaxt holga tushishgan.
Ulardan birining aytishicha, u 12 yillik faoliyati davomida bundan dahshatliroq narsani ko‘rmagan.
Videoda stansiyaga yaqinlashayotgan poyezd ovozini yaxshi eshitish mumkin, biroq poyezdning o‘zi deyarli ilg‘anmas bo‘lib, faqatgina oldi faralarini ko‘rish mumkin. Uning qolgan qismi va vagonlari deyarli shaffofdir.
Poyezd stansiyada go‘yoki yo‘lovchilar kirib-chiqishlarini kutayotgandek bir necha soniya turib, so‘ngra joyidan jilib, yo‘lida davom etadi.
Videoga berilgan izohlarda foydalanuvchilar turli fikrlar bildirishgan. Kimdirlar poyezdni parallel olamdan deb aytgan bo‘lsalar, boshqalar esa harbiy tajribalar natijasi deb ataganlar. Bunday hodisalarga shubha bilan qarovchilar esa videoni bir videoyozuvning ikkinchisi ustiga qo‘yilishi deyishgan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”