
Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In KXDR va AQSh muzokaralari oldidan Koreya yarim orolini denuklearizatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga amal qilishga va’da berganini ma’lum qildi, deb xabar beradi «Daryo».
«Uning va’dasi juda qimmatli, chunki bu boradagi taklif ilk marta Shimoliy Koreya yetakchisidan chiqmoqda», — deydi vazir.
Uning qayd etishicha, xalqaro hamjamiyat AQSh prezidenti Donald Trampning Kim Chen In bilan uchrashishga bunchalik tez qaror qabul qilganidan hayratga tushgan.
Vazirning aytishicha, mazkur o‘ta qat’iyatli qaror Trampning muammoni bittada va umrbod hal qilishni rejalashtirayotganini bildiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar