18 mart kuni saylovlardan so‘ng o‘z shtabida chiqish qilgan Putin bayonot berib hozircha konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazish niyatida emasligini aytgan edi. Hukumatni kim boshqaradi, deb berilgan savolga, Putin bu masalani bugundan boshlab o‘ylay boshlaganini bildirdi. U o‘z so‘ziga qo‘shimcha qilar ekan, barcha e’lonlar inauguratsiyadan so‘ng berilishini ta’kidladi.
Vladimir Putin mitingda o‘z tarafdorlariga minnadorchilik bildirdi va o‘zining saylovoldi komandasi shtabida chiqish qildi.
Putin “olg‘a intilish maqsadida” mamlakatni birdamlikka chaqirdi va «Rossiya muvaffaqiyatlar og‘ushida» dedi. «Biz kon’yunktura qarashlariga tayanmaymiz, biz farzandlarimizning kelajagi haqida o‘ylaymiz. Birgalikda Rossiya uchun keng ko‘lamli ishlarni amalga oshiramiz», dedi Putin.
Eslatib o‘tamiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni Prezident saylovida erishgan ishonchli g‘alabasi bilan qutlagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi