00:25 / 21.03.2018
4 193

20 yil avval lotereyadan 19 million dollar yutib olgan erkak bank o‘g‘risiga aylandi

20 yil avval lotereyadan 19 million dollar yutib olgan erkak bank o‘g‘risiga aylandi
20 yil oldin lotereyadan millionlab dollar yutib olgan amerikalik bankka o‘g‘irlikka tushdi, deb xabar berdi Daryo.

55 yoshli Jeyms Allen Xeyes 2017 yilda sodir etilgan 11 ta jinoyatga aloqadorlikda gumonlanmoqda. U har safar bankka kelib, kassachiga ogohlantirish varaqchasini uzatgan va pul talab qilgan, aks holda yonida to‘pponchasi borligini bildirgan. Bu orqali u 40 ming dollarga yaqin pulni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lgan.

15 mart kuni Xeyes tergov bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lgan va to‘rtta o‘g‘rilik jinoyat ishiga aloqasi borligini tan olgan. Kelishuvga ko‘ra, uning o‘g‘irlangan pullarga sotib olingan PT Cruiser avtomobili musodara qilinadi.

1998 yilda Xeyes lotereyadan 19 million dollar yutib olgan. Los Angeles Daily News’ning ma’lumotlariga ko‘ra, Xeyes ajrashganidan so‘ng bu pullarning yarmi uning sobiq rafiqasiga o‘tgan. Xeyesda 6 million dollar qolgan, biroq o‘sha vaqtda u giyohvand moddalarga mukkasidan ketganligi sabab haftasiga kamida 1000 dollar sarflagan. 2017 yilning oktyabrida esa u o‘zi istiqomat qiladigan garajida qo‘lga olingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 20 yil avval lotereyadan 19 million dollar yutib olgan erkak bank o‘g‘risiga aylandi