Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonning taxmin qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin jahon chempionatini qabul qilish orqali Rossiyaning imijini yaxshilamoqchi, deb yozadi Kun nashri Reuters'ga asoslanib.
Britaniya parlamentidagi chiqishi vaqtida Jonson deputatlardan birining xuddi shunday holat 1936 yilda sodir bo‘lgani, o‘shanda Olimpiadani Berlinda o‘tkazish orqali Adolf Gitler Germaniya imijini yaxshilashga uringani haqidagi fikrini ma’qullagan. «Ha, men ham 1936 yil bilan taqqoslashni mutlaqo to‘g‘ri deb bilaman», — degan vazir.
U shuningdek, Angliya terma jamoasini 2018 yilgi jahon chempionatiga yubormaslik to‘g‘ri bo‘lmasligi, lekin fanatlarning xavfsizligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratish zarurligiga urg‘u qaratgan.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey 21 mart kuni Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi mundial chog‘ida angliyalik fanatlarga xavf ulkan bo‘lishi mumkinligidan tashvishlanayotganini aytib o‘tgandi.
Mart oyi boshida Britaniya hukumati Rossiya bilan ziddiyat ortidan jahon chempionati ochilish marosimiga Qirollik xonadoni boshliq delegatsiya bormasligini ma’lum qilgandi.
Bunday qaror qabul qilinishiga, Angliya janubidagi Solsberi shahrida 4 mart kuni Rossiya Razvedka boshqarmasining sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi, London Skripalga Rossiyada ishlab chiqarilgan modda bilan hujum qilgani, shu tufayli Rossiyani ushbu hujum ortida turgan deb topishi sabab bo‘ldi. Moskva ushbu hujumga aloqadorligi bo‘yicha barcha ayblarni inkor etmoqda.
Skripalga hujumdan keyin Buyuk Britaniya va Rossiya bir-birining hududidan diplomatlarni chiqarib yuborishga qaror qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»