2003 yilda Atakama cho‘lidan topilgan boshi cho‘zinchoq 15 santimetrlik mashhur “o‘zga sayyoralik” aslida skelet o‘sishini boshqaruvchi genlar ishida jiddiy buzilishlar mavjud bola bo‘lgan. Bu haqda Genome Research jurnalida chop etilgan maqolada so‘z yuritilgan, deb yozadi “Daryo”.
“Endi u o‘zga sayyoralik emas, muddatidan avval yoki muddatidan ancha keyin dunyoga kelgan va shu zahoti vafot etgan bola bo‘lganligini aniq aytishimiz mumkin. Uning jasadini Chiliga qaytarib, mahalliy xalqlar an’analariga muvofiq dafn etish lozim deb o‘ylayman”, — dedi Stenford universiteti genetigi Garri Nolan.
Atakama cho‘lining tashlandiq qishlog‘idan topilgan Ataning jasadi qoldiqlari ilmiy hamjamiyat tomonidan 15 yilga yaqin vaqt davomida har tomonlama o‘rganib kelindi. Olimning so‘zlariga qaraganda, Ata nafaqat tashqi tomondan, balki ichki tomondan ham o‘zga sayyoralikka o‘xshagan. Uning bo‘yi atigi 15 santimetr bo‘lganligiga qaramasdan, suyaklari sakkiz yoshli bolaniki kabi ko‘rinishga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, u faqat 10 juft qovurg‘aga ega edi.
Biroq 2013 yilda Nolan va uning hamkasblari Ata DNKsini rasshifrovka qildi va bu qoldiqlar yaqinda vafot etgan odamga tegishli ekanligini aniqladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi