13:57 / 30.03.2018
3 942

Tailandda myanmalik 20 muhojir avtobus yonishi oqibatida halok bo‘ldi

Tailandda myanmalik 20 muhojir avtobus yonishi oqibatida halok bo‘ldi
Tailandda myanmalik 20 mehnat muhojiri avtobus yonishi oqibatida halok bo‘ldi. Avtobus noma’lum sababga ko‘ra yurib ketayotgan vaqtida yonib ketgan. Bu haqda Nation nashri xabariga tayanib Kun nashri ma’lumot bermoqda.

Ta’kidlanishicha, voqea Tak viloyatidagi trassada yuz bergan. Ikki qavatli avtobus Myanma chegarasidan Tailandning Patxum Txani viloyatidagi sanoat parklaridan biriga 47 muhojirni olib ketayotgan bo‘lgan. 30 mart soat 00:00da avtobus ichida yong‘in chiqqan.

Foto: AP
Yong‘inda omon qolganlarning aytishicha, yong‘in salon o‘rtasida yuzaga kelib, bir zumda avtobusning orqa qismiga o‘tgan va u yerdagi yo‘lovchilarga tashqariga chiqishga imkon bermagan. Haydovchi avtobusni to‘xtatgach, 24 yo‘lovchi, haydovchi, uning rafiqasi va ikkinchi haydovchi transport vositasini tark eta olishgan. Avtobusning orqa qismida bo‘lgan 20 kishi halok bo‘lgan.

Foto: The Nation
Haydovchi o‘t o‘chiruvchilarni chaqirtirgan. Ular yong‘inni tezda o‘chirishgan, biroq ichkarida qolib ketgan odamlarni qutqara olishmagan. Ayni vaqtda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailandda myanmalik 20 muhojir avtobus yonishi oqibatida halok bo‘ldi