07:32 / 01.04.2018
3 679

Uchuvchi favqulodda qo‘nishdan keyin yerni o‘pib qo‘ydi (video)

Uchuvchi favqulodda qo‘nishdan keyin yerni o‘pib qo‘ydi (video)
Kichik o‘lchamli samolyot uchuvchisi favqulodda qo‘ngandan keyin yerni o‘pib qo‘ydi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Voqea Floridadagi Pembrok-Payns shahrida yuz bergan. Uchuvchilikka o‘rgatuvchi Wayman Aviation maktabining instruktori o‘quvchisi mashg‘ulot o‘tkazayotgan bo‘lgan. Parvoz risoladagidek o‘tgan, biroq qo‘nish vaqtida samolyotning shassisida muammolar chiqqan. Natijada samolyot uchish-qo‘nish polosasidan unga tumshug‘i bilan tekkancha o‘tgan.

Instruktor va uning shogirdi samolyotdan chiqqanlaridan keyin, hech qanday jarohat olmaganlari aniqlangan. Shunda uchuvchi tizzasiga cho‘kkalab, minnatdorlik sifatida yerni o‘pib qo‘ygan.

Ushbu lahzalar tasvirlangan video AQShning ko‘plab OAVlari tomonidan namoyish qilingan. Ijtimoiy tarmoqlar foydavlanuvchilarini esa uchuvchining bu ishi to‘lqinlantirgan. Ularning ko‘pchiligi bunday vaziyatda xuddi shunday yo‘l tutgan bo‘lishlarini aytishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uchuvchi favqulodda qo‘nishdan keyin yerni o‘pib qo‘ydi (video)