
Foto: “Ria.ru”
Bugun, 3 aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ikki kunlik tashrif bilan Anqaraga keldi. Bu Rossiya rahbarining prezidentlik saylovidagi g‘alabasidan so‘ng ilk xorijiy safaridir.
Rossiya prezidentining tashrifi Akkuyu AESining qurilishiga start berilishiga oid videokonferensiya bilan boshlandi. Undan so‘ng Putin va Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on tor doirada muzokara o‘tkazishi rejalashtirilgan. So‘ngra ikki davlatning oliy darajadagi hamkorlik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda bir qancha hujjatlar imzolanishi va matbuot anjumani o‘tkazilishi kutilmoqda.
Ertaga, 4 aprel — chorshanba kuni esa Rossiya, Turkiya va Eron rahbarlarining uchtomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar