AQSHning Viskonsin shtatida istiqomat qiluvchi 80 yoshli keksa onaxon uncha katta bo‘lmagan ikki motorli samolyotda 81 yoshli turmush o‘rtog‘i bilan havoga ko‘tarildi, deb yozmoqda Xs.uz nashri.
Ammo parvoz chog‘ida havo transportini boshqarib ketayotgan otaxon kutilmaganda o‘z hushini yo‘qotadi. Shunda samolyot boshqaruvini umuman bilmaydigan yoshi ulug‘ ayol uni qo‘ndirishning uddasidan chiqdi.
“FoxNew”ning yozishicha, ushbu voqea kuni kecha ro‘y berdi. Turmush o‘rtog‘i o‘zidan ketib qolgach, uchuvchilik tajribasiga ega bo‘lmagan xotini darhol radioaloqa bilan ko‘mak so‘radi. Shtatning Dor okrugidagi aeroportdan zudlik bilan boshqa samolyot yordam uchun samoga ko‘tarildi.
Ikkinchi samolyot uchuvchisi radioaloqa orqali keksa ayolga yo‘l-yo‘riqlarni aytib turganida keksa juftlik bo‘lgan havo kemasi dvigatellaridan birida yoqilg‘i tugab qoldi. Shundan so‘ng onaxonga samolyotni pastlatish tavsiya etilgan.
Buni qarangki, u qo‘nishga muvaffaq bo‘ldi. O‘zi kichik jarohat oldi. Ammo turmush o‘rtog‘i parvoz vaqtida vafot etgan ekan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi