10:36 / 05.04.2018
3 740

Eron AQSHni Suriyadagi terrorchilar yetakchilarini qutqarishda aybladi

Эрон АҚШни Суриядаги террорчилар етакчиларини қутқаришда айблади
AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriyadan terrorchilarning bir necha yetakchilarini olib chiqib ketgan. Bu terrorchilar Yaqin Sharqning boshqa davlatlarida qo‘llanishi mumkinligi haqida ma’lumot bor, deb ma’lum qildi Eron mudofaa vaziri Amir Hotamiy. Bu haqda Kun nashri ma’lum qilmoqda.

“AQSH boshchiligidagi koalitsiya terrorchilar yetakchilari va bir necha yirik terrorchilarni qutqarib, mintaqadan olib chiqib ketdi va o‘z nazoratida ushlab turibdi. Ular bu terrorchilarni mintaqaning boshqa joylarida qo‘llamoqchiligi alomatlari bor. Fikrimcha, Markaziy Osiyoda, Kavkazda terrorchilik tahdidi mavjud, shu sababki, terrorchilarning bir qismi Afg‘onistonga tashlanayotgani alomatlari va guvohliklari bor”, deb aytgan Hotamiy “Rossiya-24” telekanaliga.

Eron vaziri Rossiya va Eron xalqaro koalitsiya davlatlaridan farqli ravishda, “Suriya suverenitetini hurmat qilgan va Suriya hukumati bilan kelishgan holda” terrorchilarga qarshi kurash olib borgan.

“AQSH boshchiligidagi boshqa guruh esa terrorchilikka qarshi kurashish o‘rniga, bu terrorchilarni boshqargan. Boshqacha aytganda, terrorchilar ular manfaati uchun harakat qilganda, ularni qo‘llab-quvvatlagan, qutqarib, olib chiqib ketganlar va aksincha, terrorchilar ularning manfaatlariga zid bo‘lgan joylarga zarbalar berganida, terrorchilarga hujum qilganlar”, deb aytgan Hotamiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron AQSHni Suriyadagi terrorchilar yetakchilarini qutqarishda aybladi