AQSh Milliy razvedkasi rahbari Deniyel Kouts chorshanba kuni jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvda Kim Chen Inning Moskva tomonidan Rossiyaga taklif etilgani AQSh razvedkasiga ma’lumligini bildirib, mamlakat maxsus xizmatlari ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi bo‘lajak uchrashuvda aynan qaysi masalalar muhokama etilishini bilishga umid bog‘layotganini bildirgan.
Uchrashuvda ishtirok etgan TASS muxbirining yozishicha, Deniyel Kouts shuningdek, Kim Chen Inning Xitoyga tashrifidan so‘ng Pekin KXDR bilan savdo-sotiq nazoratini susaytirishi haqidagi ehtimolni rad etib, Xitoy bunday holat yuzasidan hech qanday bayonot bermaganini qo‘shimcha qilgan.
Garchi, AQSh razvedkasi Kim Chen Inning Rossiyaga taklif etilganini tasdiqlayotgan bo‘lsada, joriy yilning 28 martida Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov hozircha kun tartibida Rossiya va Shimoliy Koreya sammiti haqida hech qanday gap yo‘qligini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In joriy yilning 25-28 mart kunlari Xitoyda bo‘ldi. Pekin bu haqdagi xabarni tashrif nihoyasiga yetgandan so‘ng ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?