date
views 3 120

YeXHT Qozog‘istonda OAV ta’qib qilinishini tanqid qildi

YeXHT Qozog‘istonda OAV ta’qib qilinishini tanqid qildi
5 aprel kuni Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YeXHT) vakili Arlem Dezir Olmaotada Ratel.kz sayti va Forbes Kazakhstan jurnali muharriri va jurnalistlari ushlanib, ta’qib qilinayotgani va Ratel.kz sayti blokirovka qilinayotganini tanqid qildi. Bu haqda Tnews.uz sayti yozmoqda.

«Yangiliklar onlayn-resursini blokirovka qilish — bu so‘z erkinligini nomutonosib ravishda cheklash demakdir.Tadbirkor bilan nashr o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahslardan so‘ng jurnalistlarni ushlash va jurnalistlarning uyi va ishxonasida tintuv o‘tkazish qo‘rqituv harakatlaridir», — deya bayonot berdi Dezir. «Mazkur fojeali hodisa Qozog‘istonda OAV erkinligiga zarar keltiradi», — deya o‘z so‘zlariga qo‘shimcha qildi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ikkita nashrga nisbatan jinoiy ish yolg‘on ma’lumot tarqatish moddasi bo‘yicha olib borilmoqda.

2014 yilda 10 yil ozodlikdan mahrum qilish ko‘zda tutilgan mazkur moddaning Jinoyat kodeksiga kiritilishi xalqaro huquq himoyachilari va jurnalistik surishtiruv o‘tkazuvchi, jumladan korruputsiya faktlarini o‘rganuvchi Qozog‘istondagi fuqorolik jamiyati a’zolari tomonidan tanqid qilingan edi.

Qozog‘istondagi OAV muharrriyatlarida 2 aprel kuni tintuv o‘tkazildi. Tintuvlar Davlat daromadlari sobiq vaziri, ayni damda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan Zeynulla Kakimjonovning arizasidan so‘ng ochilgan “Ataylab yolg‘on ma’lumot tarqatish” ishi bo‘yicha o‘tkazildi. Kakimjanovning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda uning faoliyatiga bag‘ishlangan Forbes.kz va Ratel.kz saytlarida e’lon qilingan ayrim maqolalar “qora piar” va “yolg‘on”dir. Maqolalarda Kakimjanovning korrupsiyaga aloqadorligi qayd qilinadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » YeXHT Qozog‘istonda OAV ta’qib qilinishini tanqid qildi