Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an G‘arb davlatlarini terrorchilikka qarshi kurashda ikkilik standartlaridan voz kechishga chaqirdi.
Erdo‘g‘an Denizli viloyatidagi chiqishida Fransiyani terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashda aybladi.
Erdo‘g‘an Fransiya prezidenti yaqinda Parijda suriyalik kurdlarning “Demokratik ittifoq” partiyasi (PYD) delegatsiyasi bilan uchrashganini eslab o‘tdi.
Erdo‘g‘an siyosiy xatolar oqibatlari Parij zimmasiga og‘ir yuk bo‘lib tushishidan ogohlantirdi.
Turkiya rahbari 7 aprelda Germaniyaning Myunster shahrida yuk mashinasining odamlarni bosib ketishi bilan bog‘liq oxirgi voqealarga e’tibor qaratdi. “Shunday hodisa Fransiyani ham kutishi mumkin. G‘arb terrorchilarni qanchalik uzoq qo‘llab-quvvatlasa, bu davlatlarda terrorchilik faoliyati oqibatlari shunchalik ko‘lamliroq bo‘ladi”, deb ta’kidlab o‘tgan Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an, shuningdek, Anqaraning ham Turkiyada, ham uning tashqarisida terrorchilarga qarshi kurashdagi qat’iy qadamlariga e’tibor qaratgan.
Uning aytishicha, Suriyaning Afrinida 4 ming jangari yo‘q qilingan. “Agar bu raqamlarga Turkiyada va Iroq shimolida yo‘q qilingan jangarilar sonini qo‘shsak, unda bu ko‘rsatkich 4200-4300ni tashkil qiladi”, deb qayd qilib o‘tgan Erdo‘g‘an. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi