date

Moskvada yuzaga kelgan 10 ballik yo‘l tirbandligi 12 soat davom etib rekord qo‘ydi

Moskvada yuzaga kelgan 10 ballik yo‘l tirbandligi 12 soat davom etib rekord qo‘ydi

25 dekabr kuni Moskvada 10 ballik yo‘l tirbandligi 12 soat davom etdi. Internet qidiruv tizimlarining ma’lumotiga ko‘ra, hozirda vaziyat bir ball yengillashib 10 ballik sistemada 9 ballga tenglashgan.

Ob-havo sharoitining noqulayligi tufayli shaharda yo‘l transport hodisalari keskin ko‘paygan. Moskva transport departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, bir soat davomida 500dan ortiq yo‘l transport hodisalari kuzatilgan va shulardan 45tasi yo‘l harakatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.

Hozirgi vaqtda Moskva ko‘chalarida 14 mingga yaqin qor tozalovchi mashinalar tinimsiz ravishda ishlashmoqda.

Manba: tass.ru / kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada yuzaga kelgan 10 ballik yo‘l tirbandligi 12 soat davom etib rekord qo‘ydi