
Angliyada yashovchi, autoimmun kasalligidan aziyat chekuvchi Jeyn Xardman tonggi This Time Next Year teleshousining jonli efirida xastalik oqibatida burnidan ajralganligini ko‘rsatdi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
U granulematoz tufayli burnidan ajralganligini, shifokorlar magnitli, kosmetik protez burun yasab berganliklarini gapirib berdi va burnini “yulib oldi” va joyiga o‘rnatib, buni tomoshabinlarga namoyish qildi.
Ayol bunday protez burunni taqib yurish uchun yuz suyagiga magnit o‘rnatish operatsiyasini boshdan kechirdi.
Vegener granulematozi juda tez avj oluvchi og‘ir xastalik bo‘lib, mayda va o‘rta qon tomirlarini, kapillyarlarni, arteriyani, yuqori nafas yo‘llarini, ko‘zni, buyrakni, o‘pkani va boshqa tana a’zolarini ishdan chiqaradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar