
Foto: «Korrespondent.net»
Kanadalik yozuvchi Margaret Etvud Nyu-Yorkda 2001 yil 11 sentyabrda yuz bergan terakt tashkilotchilari «Yulduzlar jangi» filmidan ilhomlanganini ma’lum qildi. Bu haqda «Korrespondent.net» ga tayanib Daryo xabar berdi.
Ma’lumki, 2000 yilda Daniyada antiutopiya romaniga asoslangan «Xizmatchi hikoyasi» operasi sahnalashtirilgan. Opera tomoshabinlarga turli ob’ektlarning portlash kadrlarini namoyish etishdan boshlangan, ularning orasida Nyu-Yorkdagi Butunjahon savdo markazi ham bo‘lgan. U vaqtda esa binolar hali portlatilmagan edi.
Yozuvchining qo‘shimcha qilishicha, terrorchilar operadan emas, balki Yulduzlar jangi fantastik afsonasidan ilhomlangan. «Birinchi filmda ikki yigit samolyotda nimaningdir ichiga uchib kiradi va uni yorib o‘tadi», — deb ta’kidlagan ayol.
Yozuvchining so‘zlariga ko‘ra, real terakt va film voqealari o‘rtasidagi farq shundaki, film qahramonlari omon qolishga muvaffaq bo‘lgan.
2001 yil 11 sentyabrda ikkita samolyot AQShning Nyu-York shahridagi Butunjahon savdo markazi binolariga urilgan, uchinchisi esa Pentagon binosi ustiga qulagan. Terakt uchun javobgarlikni «al-Qoida» tashkiloti o‘z bo‘yniga olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar