
Marhum pop-musiqa qiroli Maykl Jekson o‘zining mashhur “oy yurishi” (“lunnaya poxodka”)ni ilk bor ijro etgan tuflilar kimoshdi savdosida sotiladi, deya xabar berdi Darakchi nashri.
Kimoshdi savdosi 26 may kuni Kaliforniyada bo‘lib o‘tadi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu qora teridan tikilgan tuflida Maykl Jekson ilk bor Billie Jean (Motown 25 dasturi) repetitsiyasida “oy yurishi”ni ijro etgan.
Ushbu tuflilarni Maykl Jekson o‘zining mashhur xoreografi Lester Vilsonga sovg‘a qilgan ekan. Tuflilarning boshlang‘ich narxi 5 ming dollar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar