Astronavt Jon Glin fazo bilan bog‘liq quyidagi ma’lumotlarni bayon etgan:
«Ma’lumki, yorug‘lik soatiga 300 ming kilometr tezlikda tarqaladi. Agar koinotimiz o‘lchamlari haqidagi raqamlarga murojaat qilsak, hayratda qolmay ilojimiz yo‘q. Koinotimizning radiusi 30 ming yorug‘lik yiliga teng va o‘z o‘qi atrofini 200 million yorug‘lik yilida aylanib chiqadi. Bizning galakatikamizdan tashqari millionlab galakatikalar mavjud va ular bir-biridan tobora uzoqlashib bormoqda.
Teleskop orqali kuzatib, ikki milliarddan ortiqroq yulduzni ko‘rish mumkin. Ularning ba’zilari ikki milliard yorug‘lik yiliga teng masofada joylashgan.
Keling, eng kichik birlik hisoblangan atomni olaylik. Bu mitti zarralar Quyosh sistemasiga o‘xshash. Ya’ni tuzilishlari bilan Quyosh sistemasini yodga soladi. Zarralar sayyoralar singari markaz atrofida aylanib turadi va Sohibiga hajmning farqi yo‘qligini isbot qiladilar. Biz masofadan turib boshqariladigan qurilmalarni ko‘rib hayratda qolamiz-u, quyosh va yulduzlarni, hujayradagi atomlarni bo‘shliqda parvona kabi aylantirib qo‘ygan qudratni va uning Sohibini qanday inkor etish va unga bo‘ysunmaslik mumkin? Ba’zan kichik narsalargayam ta’sir o‘tkazolmaymiz-u, yirik osmon jismlarining ulkan tezlikda xatosiz harakatlanishini tasodif deb bo‘ladimi?
Men gapimni quyidagicha tugatmoqchiman: “Fazoga chiqib, o‘sha hashamatli harakat maydonini ko‘rib, «tasodif” degan so‘zni ishlatishga uyalaman».
Manba: irfon.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi