23:45 / 26.04.2018
5 038

“Tolibon” AQSHga qarshi kampaniya boshladi

“Tolibon” AQSHga qarshi kampaniya boshladi
“Tolibon” harakati Afg‘onistondagi bahorgi hujumlar mavsumi boshlanganini e’lon qildi, deya xabar bermoqda Reuters'ga tayanib Azon.uz nashri.

Kampaniya “Handaq” deb nomlangan bo‘lib, AQSHning Afg‘onistondagi harbiy siyosatiga qarshi qaratilgan.

Hujumlarni boshlashdan oldin “Tolibon” harakati prezident Ashraf G‘anining tinchlik muzokaralari o‘tkazish taklifini rad etdi. Toliblarning fikricha, bu muzokaralarning asosiy maqsadi jamoatchilik e’tiborini noqonuniy chet el okkupatsiyasidan chalg‘itishdir. “Urushni tugatish bo‘yicha amerikaliklarda jiddiy va samimiy niyat yo‘q”, – deya bayonot tarqatdi “Tolibon”.

Toliblar “Handaq” kampaniyasi asnosida AQSHning Afg‘onistondagi harbiy kontingentiga zarar yetkazmoqchi. Ular avvalgi yillarda bo‘lgani kabi tinch aholini himoyalashga va’da berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Tolibon” AQSHga qarshi kampaniya boshladi