
27 aprel kuni KXDR yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan Pxanmunjom chegara postida uchrashdi — tomonlar tarixiy muzokalarni olib bordi va birinchi marotaba bir-birining hududiga o‘tdi, deb xabar beradi Daryo.
Tanaffus vaqtida Kim Chen In limuzinga o‘tirib, o‘zining mamlakatiga yo‘l oldi. Ommaviy axborot vositalari esa bu vaqtda noodatiy kortejga guvoh bo‘ldi: 12 nafar qo‘riqchi avtomobil atrofida yugurib yurgan.
AFP ma’lumotlariga, bu elita bo‘linma bo‘lib, ularning vazifasi — KXDR rahbariyatini himoya qilishdan iborat. Ularning vakillari Pxyonchxanda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlariga ham tashrif buyurib, Kim Chen Inning singlisiga hamrohlik qilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar