12:25 / 28.04.2018
4 562

Tramp Rossiya bilan yarashmoqchi ekanini aytdi

Tramp Rossiya bilan yarashmoqchi ekanini aytdi
Foto: “Gazeta.ru”
AQSH prezidenti Donald Tramp Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashuv chog‘ida Rossiya bilan kelishish istagida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru”ga asosan Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

“Men oldin ham bir necha bor Rossiyaga nisbatan mendan boshqa hech kim bunchalik qattiq qarshi turmaganini aytganman. Agar biz Rossiya bilan kelishib hamkorlik qilganimizda, yaxshi bo‘lsa bo‘lar ediki, aslo yomon bo‘lmas edi”, — dedi Tramp.

Avvalroq AQSH Kongressi vakillar palatasining razvedka qo‘mitasi 2016 yilgi prezident saylovida Rossiyaning aralashuvi yuzasidan bayonotini e’lon qilgan edi. Donald Tramp esa bunga izoh berar ekan, tirnoq ostidan kir qidirishni zudlik bilan to‘xtatishni talab qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Rossiya bilan yarashmoqchi ekanini aytdi