17:30 / 28.04.2018
5 429

Rossiya barbod bo‘lishi taxmin qilindi

Rossiya barbod bo‘lishi taxmin qilindi
Foto: Getty Images
Norvegiyalik yozuvchi Erika Fatland Rossiya bilan chegaradosh bo‘lgan 14 ta davlatga bordi. U buni “Chegara” kitobini yozish maqsadida qildi, deb xabar bermoqda Berlingske nashri bergan xabarga tayanib Kun nashri.

Fatland Shimoliy Koreyadan Norvegiyaga yo‘l olgan, uning sayohati 259 kun davom etdi. U bu vaqt davomida sobiq SSSR respublikalari hamon Rossiya ta’siri ostida yashayotgani va mamlakat ularni qaytarishga harakat qilayotgani haqidagi xulosaga kelgan. “Rossiya avval o‘zining bir qismi bo‘lgan tumanlarni har doim qaytarishga harakat qiladi. Rossiya Qozog‘iston va Belarus kabi davlatlarni o‘ziniki deb hisoblaydi”, - deya yozadi u o‘z kitobida.

Yozuvchining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va uning qo‘shnilari o‘rtasidagi munosabatlar – katta akaning kichik ukalar bilan munosabati, bu Norvegiyaga ham tegishli. Erikaning ishonch bildirishicha, Rossiya bu davlatlar hisobidan o‘z hududini yanada kengaytirishga harakat qiladi va yakunda barbod bo‘ladi.

“Mening fikrimcha, Rossiya barbod bo‘lmagunga qadar kengayib boradi. Muddatlar haqida gapirish mushkul, biroq 100 yildan so‘ng chegaralar hozirgidek ko‘rinishda bo‘lmaydi. Rossiya chegarasi qisqaradi”, - degan Fartland.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya barbod bo‘lishi taxmin qilindi