Samolyot ichiga kirib olgan yenot (sarg‘ish-ko‘l rang muynali kichkina hayvon) Kanadaning Toronto shahriga amalga oshirilishi lozim bo‘lgan reysning bekor qilinishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda RIA «Novosti»ga tayanib Kun.uz yozmoqda.
Hodisa Saskatun shahri aeroportida yuz bergan. Air Canada aviakompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, hayvon texnik xodimlar qurilmani yoqishidan avval konditsioner ichagiga yashirinib olgan. U ishga tushirilgach, yenot samolyotning ventilyatsiya tizimiga tushib qoldi.
Aeroport xodimlari yenotni chiqarib olish uchun havo kemasi panelini yechishga majbur bo‘ldilar, bu esa bir necha soat vaqtni talab qildi.
Guvohning so‘zlariga ko‘ra, xodimlar «hayratdan yoqa ushlashgan va nima qilishni bilishmagan».
«Birinchi soat davomida hammasi xuddi romandagidek bo‘ldi. Hech kim hech qachon shunday holatga duch kelmagan ekan», - deya aytib o‘tdi yo‘lovchilardan biri.
Xodimlar yenotni laynerdan chiqarib olishdi, biroq hayvon shu zahotiyoq texniklardan qochib ketdi. Yo‘lovchilarga tovon sifatida taom xarid qilishga vaucherlar va bo‘lajak reyslarga chegirmalar taqdim etildi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi