14:32 / 05.05.2018
4 586

AQSh sobiq prezidenti katta Jorj Bush shifoxonadan uyiga qaytdi

AQSh sobiq prezidenti katta Jorj Bush shifoxonadan uyiga qaytdi
AQShning sobiq prezidenti 93 yoshli katta Jorj Bush shifoxonadan chiqdi. Shifokorlar uning ahvolini yaxshi deya baholadi. Bu haqda oilaning rasmiy vakili Jim Makgrat Twitter orqali ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti»g tayanib «Daryo» yozmoqda.

«Sobiq prezident katta Jorj Bush infeksiyadan davolanib bo‘lgani sabab Xyustondagi shifoxonadan chiqdi. Uning doktorining ma’lum qilishicha, sobiq prezidentning ahvoli joyida va u o‘z uyiga qaytayotganidan xursand», — deyiladi xabarda.

Aprel oyining oxirlarida AQSh sobiq prezidenti infeksiya sababli shifoxonaga tushib qolgani haqida xabar berilgandi. Shundan so‘ng Jim Makgrat katta Bush o‘zini yaxshi his qilayotganini, biroq bir haftacha reanimatsiya bo‘limida yotishini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, katta Jorj Bushning rafiqasi Barbara Bush joriy yil 17 aprel kuni 92 yoshida vafot etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh sobiq prezidenti katta Jorj Bush shifoxonadan uyiga qaytdi