23:03 / 07.05.2018
5 129

Ispaniyada mamlakatning eng chiroyli erkagi aniqlandi

Ispaniyada mamlakatning eng chiroyli erkagi aniqlandi
Ispaniyaning Tenerife orolida joylashgan Los-Realexos shahrida “Janob Ispaniya – 2018” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Valyadolidalik Xesus Kolyado Ispaniyaning eng chiroyli erkagi, deb tan olindi. Bunday unvonga ega bo‘lish uchun mamlakatning 52 nafar erkagi kurash olib bordi.

Bu g‘alaba Kolyado uchun syurpriz bo‘ldi. Chunki u ona shahrida bo‘lib o‘tgan tanlovda ikkinchi o‘rinni egallagan edi. Birinchi o‘rinni olgan ishtirokchi tanlov bo‘ladigan kuni kasal bo‘lib kelolmaganligi tufayli o‘rniga Kolyado yuborildi.

25 yoshli Xesus Kolyado boshlang‘ich sinflarga jismoniy tarbiya fanidan dars beradi. U kelajakda politsiyachi bo‘lishni niyat qilgan.

Mazkur tanlov Ispaniyada 2013 yildan beri o‘tkazib kelinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniyada mamlakatning eng chiroyli erkagi aniqlandi