
Turkiyaning Samsun shahridagi tramvayda sodir bo‘lgan voqea ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilindi.
Kechqurun tramvayda ketayotgan yo‘lovchilardan biri 7-8 yoshlardagi bolaning poyabzalsiz ekanini ko‘rib qoldi. Holbuki, o‘sha kech yomg‘ir yoqqan va havo salqin edi. Yo‘lovchi yigit o‘z poyabzalini yechib, bolaga kiydirib qo‘ydi, o‘zi esa uyiga yalangoyoq ketdi.
Bu voqeaning videotasviri ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketgach, mahalliy jurnalistlar o‘sha yo‘lovchi yigitni qidirib topishdi. U iroqlik 21 yoshli qochqin Muhammad Alsamaray bo‘lib chiqdi. U Turkiyada 2014 yildan beri yashar va mebel sexida ishlar ekan. Muhammad poyabzalini bergan bola esa suriyalik ekani ma’lum bo‘ldi.
“Unga juda achindim, yosh bola poyabzalsiz yurishi mumkin? – deydi Muhammad. – Lekin poyabzalimni olishga uni arang ko‘ndirdim”. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar