Turkiyaning Anqara shahrida 5 may kuni quygan sel bir necha yuz yilliklar ichidagi eng kuchlisi deb tan olindi, deb yozadi National Geographic.
Sinoptiklar yomg‘ir uch soat quyishini prognoz qilgan edi, ammo suvning butun ulkan hajmi bor-yo‘g‘i to‘qqiz daqiqa ichida yog‘ib bo‘ldi. Bu kuchli suv toshqiniga olib keldi: ayniqsa poytaxtning Mamak tumani zarar ko‘rdi, u yerda bir nechta ko‘chalar suv ostida qoldi. Avtomobillar yo‘llardan «yuvilib ketdi», binolarning pastki qavatlarini suv bosdi.
Olti kishi jabrlandi: ular asosan mashinalarga qamalib qolgan va tabiiy ofat joyidan ketishga uringan haydovchilar bo‘lib chiqdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 160 ta avtomobil va 25 ta korxonaga zarar yetgan; turar joy fondiga yetgan zarar hisoblab chiqilmoqda.
Sinoptiklar ma’lum qilishicha, yog‘ingarchilik hafta oxirigacha davom etishi kutilmoqda, yana kuchli sel yog‘ishi mumkin.
Manba: daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda