Olimlarning hisob-kitoblari bo‘yicha, ekologiyani ifloslantirishda sayyohlik biznesi muhim rol o‘ynamoqda. Chunki aynan sayyohlar havoni turli zaharli gazlar bilan ifloslantirishning 8 foiziga egalik qilishmoqda. Xuddi shu masalada Sidney universiteti olimlari tadqiqot ham tashkil etishdi.
Ular 2009 yildan 2013 yilgacha havoga tarqatilgan gazlar manzilini o‘rganib chiqishdi. Natija kutilganidek kechdi. Havoni ifloslantirishda turizm rivojlangan mamlakatlarning roli yuqori ekan. Bunga ko‘ra, olimlar o‘zaro reyting ham tuzib chiqishdi. Reytingning birinchi pog‘onasini Amerika, ikkinchi pog‘onasini Xitoy egalladi. Ularning ketidan Hindiston, Germaniya ergashdi. Shu to‘rtta mamlakatdagi ichki va tashqi sayyohlik biznesi sababli havo yanada ko‘proq zaharlanmoqda ekan. Dunyo kezib charchamas sayyohlar organizm uchun jiddiy ziyon keltiradigan turli zaharli gazlarni borgan yerlarida go‘yo esdalik uchun qoldirib ketishmoqda ekan.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Indoneziyadagi Bali oroliga tashrif buyuruvchi sayyohlardan qolib ketgan axlatlar havoga shu qadar ko‘p zaharli gaz tarata boshlaganki, hukumat rahbarlari favqulodda holat e’lon qilishga majbur bo‘lishdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik
Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi
UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi