Domodedovo bojxonasi xodimlari Dubaydan uchib kelgan 24 yoshli o‘zbekistonlik qizdan qiymati bir million rubldan ortiq turuvchi zargarlik buyumlarini musodara qildi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Qiz yashil yo‘lakda to‘xtatilgan. Uning qo‘l yuki ichida Cartier uzugi va bilaguzugi hamda sirg‘alar bo‘lgan.
«O‘zbekiston fuqarosi bu taqinchoqlarni unga dam olayotib tanishib qolgan bir yigit sovg‘a qilganini bildirdi. Uning aytishicha, taqinchoqlarning narxini bilmaydi, ularning hujjati ham yo‘q bo‘lgan», — deyiladi xabarda.
Ekspertlarning aniqlashlaricha, zargarlik buyumlari 750-probali oq oltindan tayyorlangan bo‘lib, brilliantlar o‘rnatilgan. Ularning qiymati ichki bozorda bir million 71 ming rublni tashkil etadi.
Taqinchoqlar musodara qilindi, qizga buyumlarni deklaratsiyadan o‘tkazmaganligi uchun katta miqdorda jarima solinadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin