20:27 / 13.05.2018
4 447

Buxoro yahudiylari kongressi O‘zbekiston Prezidentining AQShga tashrifini olqishlaydi

Buxoro yahudiylari kongressi O‘zbekiston Prezidentining AQShga tashrifini olqishlaydi
Nyu-York shahrining «Bukharian Times» haftalik nashri bosh muharriri O‘zbekiston Prezidentining AQShga qiladigan rasmiy tashrifi yuzasidan maxsus sonni tayyorlash ustida ish olib bormoqda.

AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari kongressining koordinatori Rafael Nektalov «Uzbekistan Today» Axborot agentligi jurnalistiga bergan intervyusida, o‘rtadagi uzoq masofaga qaramay, asli o‘zbekistonlik bo‘lganlar ona Vatanni sog‘inch bilan eslashlarini ma’lum qildi.

«Chet elda yashashimga qaramay, O‘zbekistonga tez-tez borib turaman, juda ko‘pchilik mendanAQShda yashab turib, nima uchun O‘zbekistonga bog‘liq masalalar bilan shug‘ullanayotganligim haqida so‘rashadi. Chunki O‘zbekiston zaminida yaqinlarim, qarindoshlarim, xotiralarim qolgan.Bugungi kunda ular bilan iliqlikni, turli millatlar orasidagi do‘stlikni saqlab qolish asosiy vazifalarimizdan biridir. Biz O‘zbekistonning tinchliksevar siyosatini qo‘llab-quvvatlaymiz», – dedi R.Nektalov.

AQSh va Kanada Buxoro yahudiylar hamjamiyatining rus-o‘zbek-tojik tillarida nashr etiluvchi haftaligimiz mamlakatlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini o‘rnatishga xizmat qilishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

«Biz O‘zbekiston va hozirda yashayotgan Amerikada o‘rtasida iliq va do‘stona munosabatlar saqlanishiga harakat qilamiz. «Xalqona diplomatiya» bu masalada chiroyli va go‘zal ibora emas, balki harakatdagi mexanizm bo‘lishi lozim. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan o‘zgarishlar va yangiliklar haqida mahalliy aholiga ma’lumotlar yetkazish eng muhim vazifamizdir.

Amerikani — o‘zbek-amerika hamjamiyati, senatorlar, kongressmenlar va oddiy xalqni yangi O‘zbekiston bilan tanishtirishda davom etamiz. Shuning uchun ham O‘zbekiston rahbarining rasmiy tashrifi haqida gazetamizning maxsus sonini chiqarishga qaror qildik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buxoro yahudiylari kongressi O‘zbekiston Prezidentining AQShga tashrifini olqishlaydi