Hindistonlik harbiy Mumbay vokzalida harakatlanayotgan poyezd tagida qolgan qizni qutqarib qoldi.
Tasvirlarda tezlashayotgan poyezd ortidan qizalog‘i bilan yugurib ketayotgan ayolni ko‘rish mumkin. Ona vagonga chiqib olishga ulguradi, biroq qo‘lini qo‘yib yuborgan farzandi vagon va platforma orasiga tushib ketadi. Bekatda o‘tirgan harbiy kishi esa vaziyatni zudlik bilan anglab, bolani poyezd tagidan chiqarib olgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra xaloskorning ismi sharifi Sachin Pol. U va qizaloq kichik jarohat olgan. Ularga vokzal tibbiyot xonasida o‘z vaqtida zarur yordam ko‘rsatilgan. Qizning otasi izoh berishicha, u oila a’zolaridan oldinda ketayotgani uchun nima sodir bo‘lganini ko‘rmagan. Qolaversa, rafiqasi ham Mumbayda birinchi marta bo‘lgani uchun poyezdlar bu qadar tezlikni oshiridan bexabar bo‘lgan. Nima bo‘lganda ham, u farzandini omon saqlab qolgan insondan bir umr minnatdor endi. Ushbu voqka aks etgan lavhani quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin