
Angliyaning «Daily Mail» portali dunyodagi eng keksa ayol Chechenistonda yashovchi 129 yoshli Koku Istanbulova ekanini qayd etdi. Bu haqda «Sabah»ga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.
Mahalliy matbuotga intervyu bergan ayol: «Bunday ko‘p yashashning siri nimadaligini o‘zim ham bilmayman. Yana bir necha kundan keyin tug‘ilgan kunimni nishonlayman. Bilmayman, uzoq umr ko‘rish balki inson uchun jazodir», degan.
Uning pasportiga 1889 yil 1 iyunda tug‘ilganligi yozilgan. Koku Istanbulova Ikkinchi jahon urushi tugaganida 55, SSSR parchalanganida esa 102 yoshda edi.
Koku Istanbulova Ikkinchi jahon urushini yaxshi xotirlaydi. U o‘sha paytda Qozog‘iston va Sibirga surgun qilingan ekan. Shu bois u mudom qayg‘uda yashaganini aytadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar