
Amerikalik sarmoyachi va tadbirkor, Pay Pal to‘lov xizmati asoschilaridan biri Piter Til to‘liq suvda joylashadigan ilk davlat qurilishi uchun 50 mln dollar ajratmoqchi. Tadbirkor yirik olimlar va arxitektorlar bilan hamkorlikda va Polineziya hukumati qo‘llab-quvvatlovida aholisi 300 ta yirik ob’ektda joylashtiriladigan mini-davlat yaratmoqchi, deb yozadi Kun nashri.
Uorvik universitetining loyiha ustida ishlayotgan olimlari sun’iy orol-davlat o‘zining raqamli valyutasi Vayron bilan mutlaq mustaqil davlat yaratishga imkon beradi, deb hisoblamoqdalar. Loyiha eng zamonaviy puxta materiallar va energiya tejovchi texnologiyalar: quyosh panellari va yuqori sig‘imga ega elektr energiya saqlagichlar qo‘llangan holda bajariladi.
Butun ob’ekt himoya to‘sig‘i bilan o‘ralgan 118 ta oroldan iborat yaxlit konstruksiyadan iborat bo‘ladi. Ushbu antiqa majmuani Taiti orollari yonida qurish rejalashtirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar