Ostonada minorali kran qulab tushdi (video)

Ostonada minorali kran qulab tushdi (video)
Qattiq shamol turgan vaqtda Ostona shahrida minorali kran qulab tushdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu hodisa videosi tarqalgan.

Favqulodda vaziyatlar departamentidagi manba bergan ma’lumotga ko‘ra, bu vaqtda qurilish kompaniyasiga tegishli kran Turkiston ko‘chasidagi ob’ektda demontaj ishlari amalga oshirayotgan edi.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar borligi haqida ma’lumotlar yo‘q.

Kuchli yomg‘ir va shamol Ostonada kunning ikkinchi yarmida kuzatila boshlangan. Qozog‘iston poytaxtida tongda kun issiq edi, kunning ikkinchi yarmida esa birdan osmonni qora bulut qoplagan va do‘l yog‘a boshlagan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar