
Bristoldagi fuqarolik qurilishlari Boshqarmasining professori Jorj Milonakis boshchiligidagi olimlar Piza minorasi chidamliligining sirini ochishdi. Minora so‘nggi 700 yil mobaynida yuz bergan bir nechta jiddiy zilzilalarga bardosh berdi. Aniqlanishicha, tuproqdagi dinamik ta’sir uning chidamliligini ta’minlaydi.
XIV asrda qurilgan minora o‘tgan asr oxiridagi rekonstruksiya vaqtida besh darajali qiyalikka ega bo‘lgan, chunki u yumshoq yerdagi kichik poydevor ustida turibdi. 60 metrli bu binoning uchi 5 metrga egilgan.
Shunga qaramay, mashhur italyan minorasi garchi ko‘pchilik muhandislar kichik yer silkinishi paytida uning qulab tushishiga ishonchlari komil ekanini aytsa-da, eng kuchli seysmofaollik davrida ham chidamliligini ko‘rsatdi.
Muhandislarning fikriga ko‘ra, uning umumiy balandligi, qattiq tuzilishi, shuningdek, yumshoq poydevori tuproqdagi tebranishni shunday o‘zgartirish imkonini beradiki, zilzila paytida yerning harakatlanishi minoraga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Olimlarning ta’kidlashlaricha, Piza minorasining dinamik ta’siri rekord ko‘rsatgichlarga erishishi mumkin.
Manba: Tasvir.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar