
AQSH prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, FQB 2016 yilda uning saylovoldi shtabiga josusni kiritgan. Bu haqda Fox News'ga tayanib Kun nashri xabar bermoqda.
“Ularda bizning kampaniyaga yashirin ravishda kirib olgan odamlar bor edi. Tasavvur qila olasizmi, bu shaxslar bizning kampaniyaga kirib olgan?”, - deya aytib o‘tdi Tramp Tennessi shtatida o‘z tarafdorlari oldida chiqish qilib.
Shuningdek, u AQSH Demokratik partiyasi a’zolarini tanqid ostiga oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Federal qidiruvlar byurosi rahbariyatini keskin tanqid qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar