22:13 / 30.05.2018
3 889

Babchenko “tirildi”. Jurnalistning o‘limi sahnalashtirilgan bo‘lib chiqdi

Babchenko “tirildi”. Jurnalistning o‘limi sahnalashtirilgan bo‘lib chiqdi
Rossiyalik jurnalist Arkadiy Babchenko tirik, uning “o‘ldirilishi” esa uyushtirilgan edi. Bu haqda Ukraina Xavfsizlik xizmatiga tayanib Kun nashri xabar bermoqda.

«Ukraina huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan ajoyib operatsiya natijasida Arkadiyning o‘limiga buyurtma olgan killer va qotillik tashkilotchisi ushlandi.

Jinoyatning buyurtmachisi va tashkilotchilari ishini yaxshiroq hujjatlashtirish maqsadida, qo‘lga tushgan killer buyurtmani muvaffaqiyatli bajarganiga ishontirish lozim edi.

Arkadiy Babchenkoning “o‘limi” sahnalashtirilganini juda tor doiradagi odamlar bilgan. Bu maxfiy axborotning tarqalib ketishini oldini olish maqsadida qilingan. Buning uchun, huquq-tartibot idoralari juda katta hajmdagi maxsus axborot operatsiyasini amalga oshirishgan.

Aynan shu maqsadda, Arkadiy Babchenkoni o‘ldirgan va go‘yo Kavkaz millatiga mansub bo‘lgan shaxsning fotoroboti tuzilgan va chop etilgan edi. Vaziyatning haqqoniy ekani bo‘yicha tasavvur uyg‘otish maqsadida, Arkadiyning o‘limi haqida Milliy Politsiya vakillari rasmiy bayonot berishdi. Jurnalistning o‘limi haqidagi xabar dunyoning minglab qalblarini qayg‘uga solishi ma’lum bo‘lsa-da, politsiyaning boshqa iloji yo‘q edi.

Killerdan to buyurtmachilar va tashkilotchilargacha bo‘lgan zanjirni topib olish va voqealarni hujjatlashtirish maqsadida, ularda buyurtmaning muvaffaqiyatli bajarilganiga to‘liq ishonch hosil qilish va tergov tomonidan hujjatlashtiriladigan amallarni sodir qilishga majburlash lozim edi» - dedi Ukraina IIB rahbari maslahatchisi Anton Gerashchenko.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Babchenko “tirildi”. Jurnalistning o‘limi sahnalashtirilgan bo‘lib chiqdi