21:26 / 07.06.2018
3 826

Britaniyalik jurnalist Lauren Bus: «Mening Islomni qabul qilish hikoyam»

Britaniyalik jurnalist Lauren Bus: «Mening Islomni qabul qilish hikoyam»
Bu ayolning Shayx Fahd Kandariyga so‘zlab berganlari.

Eshikni qoqaman. Onam ochadi. Yuzida mamnuniyat ila:

– Assalamu alaykum va rahmatullah va barakatuh! Tafaddal (ma’nosi-marhabo), – deydi.

Yuzi nurga oshufta edi, terisidan ham nur yog‘ilarmidiyey. Go‘yo menga Toj Mahalning darvozalarini ochayotgandek. Go‘yo ular dunyoning eng muhtasham manzilida yashaydilar-u, meni ichkariga taklif etmoqdalar.

Uyga kirdim. Uyda nima bor? Hech narsa! Shunchaki odmi, bo‘m-bo‘sh xona. Devorlar, shift, gilam va 10 kishiga mo‘ljallangan iftor dasturxonini ko‘rdim. Dasturxonda biroz non, yelim likopchada no‘xot va yana ko‘kat hozirlangan ekan.

O‘tiraman, ammo hozirlanganlardan yegim yo‘q. Onam esa hali uni, hali buni ilinadilar.

– Sen bizning mehmonimizsan, – deydilar.

Jahlim chiqadi. Islomdan achchig‘im keladi. Shundog‘am yo‘qchilikka mahkum odamlarni yana 30 kunlab och yurishga buyurgan Kitobdan achchig‘im keladi. Mana shu faqir va keksa ayolni shu kuyga solgan, paqiridagi kir suvni ham ko‘p ko‘rgan Qur’ondan achchiqlanaman.

Nihoyat aytaman:

– Oyi, nega ro‘za tutasiz! Nima naf sizga bundan?

– Ochlikni unutmaslik uchun!

Biz dunyo deb atagan makonda uning hech vaqosi yo‘q. Umri mobaynida hech narsa orttirmagan. O‘zidan ham faqirroq insonlar haqida tafakkur qilardi.

Bu nima? Hayoti davomida uqubatlarga hamroh bo‘lgan bu ayol bo‘sh oshqozon orqali Xudosiga muhabbatini izhor qilayotgan edi. Bo‘sh oshqozon uchun!

Islom shu bo‘lsa, men ham Musulmon bo‘lishni xohlayman, xayol qilaman men.

Izoh: Lauren Bus hayotidagi tub burilish – Islomning kirib kelishini o‘zining Falastindagi muxbirlik faoliyati bilan bog‘laydi. Yuqoridagi kichik voqelik uni Islom haqida mushohada qilishiga ruhlantirganini aytadi. Hozirda u Qatarning “Al-Jazira” telekanali jurnalisti.
Kamola ABULQOSIM tarjimasi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik jurnalist Lauren Bus: «Mening Islomni qabul qilish hikoyam»