Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev sukutni buzdi va bugun siyosiy bayonot berdi. Bu haqda 24.kg'ga tayanib Kun nashri xabar qilmoqda.
«Mamlakat sobiq bosh vaziri, QSDP raisi o‘rinbosari Sapar Isoqov va Davlat bojxona xizmati sobiq raisi Kubanichbek Kulmatovning qo‘lga olinishi - bu korrupsiya bilan kurash emas. Korrupsiya bilan kurashgan odamlarning aynan o‘zi korrupsiyada ayblanib hibsga olindi. Sapar Isoqov hukumati joriy yilning 4 oyi dvomida 5 mlrd so‘mlik byudjet profitsitini ta’minladi. Bu mustaqil Qirg‘iziston tarixida ilk bor kuzatildi», - deyiladi matnda.
«Davlat arboblarini hibsga olish haqidagi qaror - bu do‘stlarning qasosi. Bu holat Raim-millionga aloqador bo‘lishi mumkin, uning ishdan bo‘shatilganidan so‘ng ijobiy vaziyat kuzatildi hamda bojxona to‘lovlari keskin ortdi», - deydi Atamboyev.
Shuningdek, uning fikricha, QSDP boshqa a’zolari, jumladan Jalolobod sobiq hokimi Salaydin Avazov va Jogorku Kenesh deputati Osmonbek Ortiqbayevning jinoiy ta’qib etilishiga ham siyosiy sabab bordir.
Atamboyevning so‘zlariga ko‘ra, javobgarlikka Sapar Isoqovni emas, balki IESning eski qismida avariya yuz berishiga hamda Bishkek aholisining sovuqda o‘tirishiga sababchi bo‘lganlarni tortish kerak.
«Ba’zi shaxslar prezident Sooronbay Jeenbekovni xavfli yo‘lga boshlamoqda. Men uni bu haqda ogohlantirgandim. Qirg‘iziston xalqi baribir bu jinoiy ishlarni qo‘zg‘atishga nima sabab bo‘lganini bilib oladi va bu jarayonning barcha ishtirokchilariga baho beradi», - degan Atamboyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda Sapar Isoqov qo‘lga olingani xabar qilingandi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi