01:27 / 08.06.2018
4 393

AQSh Afg‘oniston prezidentining toliblarga bildirgan yarashuv taklifini qutladi

АҚШ Афғонистон президентининг толибларга билдирган ярашув таклифини қутлади
AQSh Afg‘oniston prezidentining toliblarga bildirgan yarashuv haqidagi taklifini qutlaydi va toliblarni o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga amal qilishga chaqiradi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma’lum qildi.

“AQSh prezident Ashraf G‘anining Afg‘oniston hukumati va toliblar o‘rtasida o‘t ochishni vaqtinchalik to‘xtatish taklifini qutlaydi. Bu yarashuv afg‘on hukumatining ixtilofni tugatish yo‘llarini o‘rganish tarafdori ekanini yana bir bor namoyish qiladi”, deb aytilgan Pompeo bayonotida.

Pompeoning ta’kidlashicha, NATO va AQShning Afg‘onistondagi kuchlari ham “o‘t ochishni hurmat qilishadi”.

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani 7 iyunda Ramazon oyi va Iyd al-Fitr bayrami munosabati sababli toliblar bilan vaqtinchalik yarashuv o‘rnatilganini e’lon qilgan. Yarashuv 11 iyundan 19 iyungacha davom etadi.

G‘ani yarashuv vaqtida mamlakat xavfsizlik kuchlari faqat “Tolibon” a’zolariga qarshi hujumlarni to‘xtatishlarini, IShID va boshqa terrorchilik tashkilotlariga qarshi kurash davom etishini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Afg‘oniston prezidentining toliblarga bildirgan yarashuv taklifini qutladi