
Marokashdagi savdo markazlaridan birida ko‘ngilni xira qiluvchi voqea yuz berdi: markaz bo‘ylab aylanib yurgan bir yigitning ust-boshi birdaniga yonib ketgan.
Aniqlanishicha, uning cho‘ntagida gadjetlarni quvvatlash uchun tashqi akkumulyator bo‘lgan. Aynan shu qurilma portlashi oqibatida yigit alanga ichida qolgan. Voqea guvohlari va markaz xodimlari ushbu hodisadan esankirab qolishgan va yong‘inni o‘chirishga tushib ketishgan. Birozdan keyin alanga o‘chirilgan, biroq bungacha yigitning ustidagi kiyim deyarli butkul yonib bo‘lgan.
Voqea joyiga shifokorlar chaqirtirilgan va yigit og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar