Foto:«Asbarez.com»
AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning barcha yakkama-yakka uchrashuvlarida ishtirok etgan milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari Ben Roders o‘zining «Dunyoda nimalar bo‘lmaydi» nomli kitobida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan Barak Obama o‘rtasida bo‘lib o‘tgan latifanamo suhbatni keltirdi. Bu haqda «Sabah»'ga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.
Kitobda qayd etilishicha, 2011 yili sentyabr oyida Nyu-York shahrida BMT Bosh assambleyasida o‘sha paytda bosh vazir bo‘lgan Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashgan Barak Obamaning kun tartibida Yaqin Sharqda tinchlikni o‘rnatish masalasi o‘rin olgan edi.
BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishida Falastinning mustaqilligini e’tirof etish bo‘yicha qonun loyihasiga Amerika boshchiligida aksariyat davlatlar qarshi chiqayotgan edi. Ikkala davlat yetakchilari ham shu masalani muhokama qilish asnosida Erdo‘g‘on Obamaga: «Bir yilda 180 daraja o‘zgaribsan», — dedi.
Erdo‘g‘on Obamaga bir yil avval Falastinning mustaqilligini tan olish lozimligi to‘g‘risidagi gaplarini eslatdi. O‘sha paytda Barak Obama BMT Bosh assambleyasida Falastinni mustaqil davlat deb e’lon qilish bo‘yicha takliflar bildirgan edi.
Falastinning mustaqil bo‘lish taklifini bildirgan Obama oradan bir yil vaqt o‘tib, buning uchun Isroil bilan muzokara olib borish lozimligini aytgan. Bunga misol tariqasida Janubiy Sudan bilan uzoq yillar muzokara olib borilganini eslatgan.
Shundan so‘ng Erdo‘g‘on: «Janubiy Sudan uchun yillar davomida Shimoliy Sudanga sanksiyalar qo‘llandi. Bu tajribani Isroil uchun ham qo‘llay olasizmi?», — dedi.
Barak Obama bu savolni javobsiz qoldirgan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi