
Singapur bosh vaziri Li Syanlun AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning shu yil 12 iyundagi uchrashuviga 20 million dollar sarflanishini ma’lum qildi. Bu haqda «Sabah»ga tayanib Xabar nashri yozmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Singapur bosh vaziri Li Syanlun uchrashuvga Singapur byudjetidan 20 million AQSh dollari sarflanishini ma’lum qildi.
«Tinchlik uchun tashkil etiladigan uchrashuvga 20 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflashga tayyormiz. Uchrashuv mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga hissa qo‘shishiga ishonamiz», — degan Li Syanlun.
«Uchrashuv Singapurning xalqaro miqyosdagi obro‘siga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi», — degan Singapur bosh vaziri.
Yadroviy qurollardan voz kechish hamda xavfsizlik mavzulari kun tartibidan o‘rin olgan uchrashuv 1950-1953 yillarda Koreya urushidan keyin davom etib kelayotgan tinchlik sulhining barqarorligini ta’minlashda muhim qadam bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar