Xitoyda turistlar ustiga shift qulab tushdi (video)

Xitoyda turistlar ustiga shift qulab tushdi (video)
Xitoyning Xuain shahridagi Xuashan turistik markazida shift qulab tushishi oqibatida kamida to‘qqiz kishi jabrlandi, deb yozadi "Xabar" nashri.

Hodisa markazga tashrif buyuruvchilar eskalatorda birinchi qavatga tushishayotgan paytda ro‘y bergan. Voqea joyiga darhol qutqaruvchilar guruhi yetib kelishgan va odamlarning qulagan shift bo‘laklari ostidan chiqib olishiga ko‘maklashgan.

Ayni vaqtda markaz vaqtincha yopilgan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar