
Poyezdda tug‘ilgan chaqaloq Parij elektropoyezdlari qatnovini to‘xtatib qo‘ydi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
“Ober” poyezd bekatida o‘g‘il bola chaqaloq dunyoga keldi. Mazkur hodisa tufayli “Sharl de Goll/Etual va “Nanson” bekatlaridagi harakat to‘xtab qoldi.
Ona va bola kasalxonaga sog‘-salomat yetkazildi, ular o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda.
Chaqaloqning dunyoga kelishini transport kompaniyasi rahbariyati xursandchilik bilan qarshi oldi va unga 25 yoshga qadar Fransiya poytaxti va poytaxt atrofidagi shaharlarda jamoatchilik transportidan bepul foydalanish imkoniyatini hadya etishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar