
Rossiya prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov so‘zlariga ko‘ra, KXDR yetakchisi Kim Chen Indan Vladimir Putinga topshirilgan maktubda oliy darajada aloqalarni muntazam ravishda ushlab turish haqida gap borgan. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.
Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, maktubda har ikki yetakchining ehtimoliy uchrashuvi bo‘yicha ma’lumot bo‘lmagan.
«U yerda biz oliy darajada aloqalarni ushlab turishimiz haqida aytilgan», - deya ma’lum qildi Ushakov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR vakili Putinga Kim Chen Indan maktub bergani xabar qilingandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar